Menu

Eng xarakterli va hayajonli jihat shunda bo‘ldiki, alohida tayyorlangan dasturxonga ota-onalar taklif qilindi. Ular o‘z farzandlari qo‘lidan bir piyola choy yoki chanqoqbosdi ichimliklar ichib, turfa…

21-may 2026, 11:16 20 views
Eng xarakterli va hayajonli jihat shunda bo‘ldiki, alohida tayyorlangan dasturxonga ota-onalar taklif qilindi. Ular o‘z farzandlari qo‘lidan bir piyola choy yoki chanqoqbosdi ichimliklar ichib, turfa…

Eng xarakterli va hayajonli jihat shunda bo‘ldiki, alohida tayyorlangan dasturxonga ota-onalar taklif qilindi. Ular o‘z farzandlari qo‘lidan bir piyola choy yoki chanqoqbosdi ichimliklar ichib, turfa xil shirinliklar tanovul qildilar. Farzandlarining o‘qishda erishayotgan yutuqlaridan quvongan, kutilmagan mulozamatlardan xursand bo‘lgan ota-onalarning aksariyati qalblaridagi quvonchni minnatdorchilik bilan e’tirof etdilar, ayrimlarining dili farzandi tufayli faxr va g‘ururga to‘ldi, ayrimlari hayojon tug‘yonlari bois sevinch yoshlarini bildirmasdan artib qo‘yishga harakat qildilar. Xullas, o‘quv dargohiga tashrif buyurgan barcha ota-onalar mamnun kayfiyatda, quvona-quvona, ajib taassurotlar bilan uylariga qaytdilar.

All news