FUTZAL BO‘YICHA MUVAFFAQIYAT!
6-october 2026, 19:10
68 views
1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi akademik litseylar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning futzal musobaqasida jamoamiz munosib ishtirok etdi!
Qizg‘in va murosa-siz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, SamDU 2-son akademik litseyi jamoasi faxrli III-o‘rinni egalladi va Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
Barcha ustoz va murabbiylarimizni ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda bundan ham yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!
👉 @samdual_futbol