#milliy_sertifikat
Barcha hududlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yakuniga yetdi
📖 Bugun avval xabar qilingan (https://t.me/BaholashUz/11800) milliy sertifikat imtihonlari doirasida matematika fanidan test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
📆 Shunday qilib, yoriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida bo‘lib o‘tishi belgilangan biologiya, kimyo, fizika va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yakunlandi.
💼 Bular orasida fizika fanidan imtihonlar birinchi marotaba kompyuterda o‘tkazildi.
📍 Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida tashkil etildi.
👥 Ushbu fanlar imtihonlarida jami 130 ming nafardan ko‘p talabgor ishtirok etdi. Ulardan 21 nafari amaldagi tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatildi.
📊 Imtihonlar natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram (https://t.me/BaholashUz) | Facebook (https://www.facebook.com/dtmuzb/) | Instagram (https://instagram.com/dtmuzb/) | YouTube (https://www.youtube.com/@BaholashUz)