Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchisi Irisbayeva Baxora Nurmamatovnanig ingliz tili fanidan "…
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchisi Irisbayeva Baxora Nurmamatovnanig ingliz tili fanidan "Urban and Rural life" mavzusida 208-guruh o'quvchilariga ochiq darsi bo'lib o'tdi. Darsning kirish qismi o'zbek milliy kinosidan olingan parcha bilan boshlandi. Darsda o'quvchilar asosan shahar va qishloq turmush tarzining qulay va noqulay tomonlari to'g'risida gapirdilar, o'zlari tomonidan tayyorlab kelgan videolarini qo'yib berdilar. O'qituvchi darsda o'zgacha yondashu asosida darsni mustahkamladi. Shuningdek, o'qituvchi zamonaviy pedtexnologiyalardan foydalanib o'quvchilarning tinglash, o'qish, gapirish va yozish ko'nikmalarini rivojlantitishga ham e'tiborini qaratdi.