Menu

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 23 dekabr kuni “Yangi yilingiz muborak boʼlsin!” deb nomlangan bayram tadbiri oʼtkazil…

25-december 2023, 11:15 13 views
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 23 dekabr kuni “Yangi yilingiz muborak boʼlsin!” deb nomlangan bayram tadbiri oʼtkazil…

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida 23 dekabr kuni “Yangi yilingiz muborak boʼlsin!” deb nomlangan bayram tadbiri oʼtkazildi. Tadbir avvalida akademik litseyda oʼtkazilgan “Kitobxonlik oyligi” tanlovi gʼoliblariga, darslarga faol qatnashib, test natijalariga koʼra fanlardan yuqori koʼrsatkichlarga erishgan oʼquvchilarga, fanlar boʼyicha viloyat olimpiadasi sovrindorlariga, sport sohasida viloyat va respublika birinchiliklarida faxrli oʼrinlarga sazavor boʼlgan oʼquvchilarga hamda “Eng yaxshi guruh” tanlovida gʼolib chiqqan guruhlar rahbarlariga “Faxriy yorliq”lar va esdalik sovgʼalari topshirildi.

Shundan soʼng oʼquvchilar tomonidan ijro etilgan kontsert dasturi, Qorbobo va qorqiz tabriklari, sahna koʼrinishlari, raqslar barchaga koʼtarinkilik bagʼishladi.

| Telegram | Instagram | Facebook | You Tube |

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👆👆👆👆👆👆👆

All news