Menu

💰✍️ 🤩🤩🤩🤩

14-april 2026, 21:11 21 views
💰✍️ 🤩🤩🤩🤩

Yangi o‘quv yilidan boshlab SAT sertifikatiga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-7726569) muvofiq, xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha quyidagi tartib belgilangan:

➖ Abituriyent “College Board” tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan SAT imtihonida maksimal ballning kamida 75 foizini, ya’ni 1200 ball va undan yuqori natijani qayd etgan bo‘lishi lozim.

➖ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlar, agar sertifikat fanlari (matematika va chet tili) tanlangan bakalavriat yo‘nalishi imtihonlar majmuasida mavjud bo‘lsa, oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📥 2026/2027-o‘quv yili qabul jarayonida imtiyozdan foydalanish uchun SAT sertifikatlari rasmiy platforma orqali 35787 DI kodi bilan Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborilishi lozim.

❗️Eslatma, faqat DI kod orqali yuborilgan sertifikatlar qabul jarayonida haqiqiy hisoblanadi. Qo‘lda yuklash yoki skrinshotlar qabul qilinmaydi.

Bizni kuzating

Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram | (https://www.instagram.com/eduuzofficial/) YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)

All news