#Ochiq_eshiklar_kuni
👍 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Akademik litseyi o'quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
✅ Tadbirni O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Yakubjanova kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda o‘quvchilarga filialda so‘nggi yillarda katta imkoniyatlar yaratilganligi, zamonaviy laboratoriyalar, sun’iy intellekt va robototexnika markazlari va yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlangan auditoriyalar talabalar uchun ochiq. Bu yerda nafaqat nazariy bilim beriladi, balki amaliy loyihalar, start-up g‘oyalari va innovatsion ishlanmalar ustida ishlash imkoniyati ham mavjud ekanligini ta'kidladi.
✅ Tadbir davomida so'zga chiqqan ma’ruzachilar so‘zga chiqib, startap g‘oyalari hamda sun’iy intellektning bugungi kundagi o‘rni mavzularida qiziqarli ma’ruzalar o‘qidilar. Ma’ruzachilar yoshlar uchun startap loyihalarini yaratishning amaliy yo‘llari, moliyalashtirish imkoniyatlari va sun’iy intellektning turli sohalardagi ahamiyati haqida batafsil gapirib, o'quvchilarning savollariga javob berdilar.
Bizni kuzating👇
🔵Facebook (https://fb.com/sbtuit2005) | (https://t.me/sbtuit2005)🚀Telegram (https://t.me/sbtuit2005)
(https://instagram.com/sbtuit2005)📷Instagram (https://instagram.com/samtuit.official) | (https://bit.ly/2yw9MS9) 🎬YouTube (https://www.youtube.com/@samarkandbranchoftuit2358)