Menu

TABAQALASHTIRILGAN KANTRAKT

16-august 2026, 20:49 100 views

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-7726569#:~:text=74.%20Kirish%20imtihonlari,kirish%20huquqi%20beriladi.) asosan Oliy taʼlim tashkilotlari qoʻshimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan qabul koʻrsatkichlariga muvofiq toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda amalga oshiradi.

Bunda toʻlov-kontrakt miqdori amalda oʻrnatilgan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

Qabul chegaralariga 4,06 va undan ortiq ball yetmagan, ammo 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt miqdorlari oliy ta’lim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan (https://lex.uz/uz/docs/-7726569#-8035577) bazaviy to‘lov-kontraktning 3,0 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

https://t.me/samdualuz

All news