TARIXIY G‘ALABA!
Javohir Sindarov — Nomzodlar turniri chempioni!
🇺🇿O‘zbek sporti va jahon shaxmati tarixida yangi sahifa ochildi! Hamyurtimiz, iste’dodli grossmeysterimiz Javohir Sindarov nufuzli Nomzodlar turnirida muddatidan avval CHEMPION degan nomga sazovor bo‘ldi!
♟ Bugun u o‘zining asosiy raqibi – niderlandiyalik 🇳🇱 Anish Giri bilan murosasiz kechgan bahsda durang qayd etib, eng yaqin ta’qibchilari uchun yetib bo‘lmas natijani kafolatladi.
👑 Endigi marra – Jahon toji! Oldinda eng katta sinov: Javohir endi butunjahon shaxmat toji uchun amaldagi chempion 🇮🇳 Gukesh Dommaradjuga qarshi dona suradi.
👏 Buyuk g‘alaba muborak, O‘zbekiston! Olg‘a, Javohir!
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram | (https://www.instagram.com/eduuzofficial/) YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)