TATU Samarqand filiali akademik litseyida 20 may kuni noan’anaviy, o‘ziga xos yangicha bir tadbir bo‘lib o‘tdi. Fanlarni o‘zlashtirishda yaxshi natijalarga erishib, SAT (AQSHdagi standartlashtirilgan…
TATU Samarqand filiali akademik litseyida 20 may kuni noan’anaviy, o‘ziga xos yangicha bir tadbir bo‘lib o‘tdi. Fanlarni o‘zlashtirishda yaxshi natijalarga erishib, SAT (AQSHdagi standartlashtirilgan test sinovlari) va yuqori natijali milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan, odob va axloqi namunali, sport sohasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan 100 nafar o‘quvchining ota-onalari akademik litseyga taklif qilindi. Akademik litseyning majlislar zalida mehmonlarga o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishdagi ibratli natijalari, bu borada pedagogik jamoa amalga oshirayotgan ishlar haqida gapirib berildi. Shundan so‘ng ota-onalarning har biriga o‘quv yurtining “Tashakkurnoma”lari tantanali ravishda topshirildi va ularga shunday farzandlarni tarbiyalaganliklari uchun rahmatlar aytildi. O‘quvchilar ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar ota -onalariga tabrik sifatida yangradi.