Urgutlik Adham Janobiddinov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyi 2-bosqichida oʻqiyotgan kezlari (2022 yil) Buyuk Britaniya qi…
Urgutlik Adham Janobiddinov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyi 2-bosqichida oʻqiyotgan kezlari (2022 yil) Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ga maktub yoʻllagani va juda yaxshi fiklar bildirilgan javob xati olgani, muddatidan oldin Evropa davlatlari va AQShdagi 25 dan ziyod oliygohning talabasi boʻlish imkoniyatini qoʻlga kiritgani haqida ilgari yozgan edik.
Ayni paytda AQShning Ogayo shtatidagi Vuster kollejining iqtisod yoʻnalishi 4-bosqichida tahsil olayotgan Adham Janobiddinov kecha oʻzi tahsil olgan lisey bilan bogʻlanib, ajoyib xushxabarni aytdi. Adham oʻtgan 4 yil davomida ingliz tilidan tashqari xitoy va ispan tillarini ham ancha puxta oʻzlashtirib olibdi. Oʻzbekiston haqidagi koʻplab maqolalari 74 ta davlatning vaqtli matbuot nashrlarida chop etilibdi. Barakalla Adham. Yutuqlaring bardavom boʻlsin.