YARIM FINALCHILAR ANIQLANMOQDA!
8-october 2026, 06:23
76 views
Turnirimizning navbatdagi bosqichiga birinchi boʻlib yoʻl olgan 2 ta jamoa nomi maʼlum boʻldi. 106-guruh va 107-guruh vakillarini ajoyib gʻalaba va yarim final yoʻllanmasi bilan tabriklaymiz! Jamoalarga keyingi hal qiluvchi oʻyinlarda omad va zafarlar tilaymiz.
Qolgan guruhlar oʻrtasidagi shiddatli bahslar davom etmoqda. Hal qiluvchi oʻyinlar oldidan hayajon yuqori darajada — keyingi yarim finalchilarni sabrsizlik bilan kutyapmiz!
Oʻyinlarni kuzatib boring va oʻz jamoangizni qoʻllab-quvvatlang!
👉 @samdual_futbol