Menu

#Yutuqlar_davometmoqda

2-august 2026, 12:14 53 views
#Yutuqlar_davometmoqda

Aziz va beg'ubor qizalog'imiz E'zoza!

Sizni qo'lga kiritgan ulkan natijangiz — xalqaro IELTS imtihonidan 7.5 ball (xususan, Listening’dan 9.0dek mukammal natija) olganingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Bu yutuq sizning tinimsiz mehnatingiz, kechani kecha, kunduzni kunduz demasdan qilgan harakatlaringiz va qat'iyatingizning yorqin namunasidir. Eng asosiysi, yosh bo‘lishingizga qaramay (C1 darajasiga erishib) ko'pchilikka o'rnak bo'ldingiz.

Kelgusidagi o'qish va ishlaringizda bundan-da baland cho'qqilarni zabt etishingizga, oldingizga qo'ygan barcha ulkan maqsadlaringizga osonlikcha erishishingizga tilakdoshmiz. Doimo oilangiz, ustozlaringiz va yurtimiz faxri bo'lib yuring!

👉@Nurali_Jorayev_Blogi

All news