🎉 Yutuqlarimiz davom etmoqda! 🎉
10-december 2025, 19:15
13 views
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU SF akademik litseyi jamoasi o‘qituvchilarining yutuqlari bilan faxrlanadi!
📘 Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Ubaydullayeva Yulduz Lutfullayevna milliy sertifikat imtihonida A darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi! 🏅
Bu natija ustozning fidokorona mehnati, chuqur bilim va yuksak mas’uliyatining amaliy ifodasidir.
Litseyimiz jamoasi Yulduz Lutfullayevnani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida kattadan katta muvaffaqiyat tilaydi!