Menu

🟪 ZTE kompaniyasi IT Park Uzbekistan hududida mintaqaviy onlayn xizmat ko‘rsatish markazini ochdi – u AT eksportni ko‘paytirish va yuqori daromadli ish o‘rinlarini kengaytirishga xizmat qiladi

18-march 2026, 13:48 14 views
🟪 ZTE kompaniyasi IT Park Uzbekistan hududida mintaqaviy onlayn xizmat ko‘rsatish markazini ochdi – u AT eksportni ko‘paytirish va yuqori daromadli ish o‘rinlarini kengaytirishga xizmat qiladi

➡️IT Park Uzbekistan hududida ZTE kompaniyasining mintaqaviy onlayn xizmat ko‘rsatish markazi ish boshladi. Mazkur markazning ishga tushirilishi mamlakatda raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish, xalqaro AT kompaniyalar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda mintaqada zamonaviy raqamli xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.

#️⃣ Ochilish marosimida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etdi. Ta’kidlanganidek, ZTE kabi nufuzli xalqaro kompaniyaning O‘zbekistonda o‘z mintaqaviy markazini tashkil etishi mamlakatning investitsion jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi.

🟣Yangi markaz orqali nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo, Yevropa mintaqasi uchun zamonaviy onlayn xizmatlar, texnik qo‘llab-quvvatlash va innovatsion yechimlarni tezkor taqdim etish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa o‘z navbatida, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, AT xizmatlar eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mutaxassislarning malakasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

❕Shu bilan birga, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, ZTE kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistondan ko‘rsatilayotgan AT xizmatlari eksporti hajmi 20 barobarga oshib, 5 million AQSh dollarini tashkil etgan. Yangi markazning ochilishi mazkur ijobiy dinamikaning mantiqiy davomi bo‘lib, markaz AT eksportni ko'paytirish va yuqori daromadli ish o‘rinlarini kengaytirish imkonini beradi.

⏩Tadbir doirasida vazir Sherzod Shermatov ZTE kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jan Jianpeng bilan uchrashuv o‘tkazdi.

📌 Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistonda zamonaviy Data-markazlar infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatni mintaqaviy raqamli xabga aylantirish va xalqaro miqyosda raqobatbardosh AT xizmatlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/143688

🇬🇧 English (https://digital.uz/en/news/view/143688)

Telegram (https://t.me/mitcuz) | Facebook (https://www.facebook.com/mininfocom/) | Instagram (https://www.instagram.com/digital_uz_/) | Youtube (https://www.youtube.com/@digitaluz) | LinkedIn (https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https%3A%2F%2Fwww.linkedin.com%2Fcompany%2Fthe-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan%2F) | X (https://twitter.com/digital_uz_/)

All news