Menyu

10-iyun 2025

❗️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi

#abituriyent

2025/2026-oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlar my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinmoqda. (https://t.me/eduuz/34951)

📋 Bunda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:

🔹 3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;

🔹 O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar (https://lex.uz/docs/-5141332#:~:text=qaroriga%0A1-ILOVA-,Akademik%20litseylarga%20iqtidorli%20yoshlarni%20saralab%20olish,MEXANIZMI,-Oldingi%C2%A0tahrirga%C2%A0qarang) — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).

Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda quyidagilarni belgilaydi:

✔️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);

✔️ qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishi.

📌 Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.

🗓 Qabul jarayonlari 10-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

👉 @xushnudbek 👈