Menyu

Biz haqimizda

Litsey tarixi

Gimnaziyadan universitet qoshidagi akademik litseygacha — 1997-yildan buyon davom etayotgan yo‘l.

1997 tashkil etilgan
  1. 1997

    Gimnaziya tashkil etildi

    Samarqand kooperativ instituti qoshida, institutning 1997-yil 7-fevraldagi 15-sonli buyrug‘i asosida.

  2. 1999

    Litseyga aylantirildi

    1-iyuldagi 20-sonli buyruq bilan gimnaziya Samarqand kooperativ instituti qoshidagi litsey maqomini oldi.

  3. 2006

    2-son akademik litsey

    Samarqand shahar hokimining 16-oktabrdagi 1357-K-sonli qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga aylantirildi.

  4. 2009

    O‘quvchilar yotoqxonasi qurildi

    100 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona ishga tushdi — boshqa tumanlardan kelgan o‘quvchilar uchun.

  5. 2017

    SamDU tarkibiga o‘tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-sentabrdagi PQ-3290-sonli qaroriga asosan, shahar hokimining 6-dekabrdagi 2058-Q qarori bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-sonli akademik litseyi nomini oldi.

Bugungi kunda

Yo‘lning bugungi natijasi — raqamlarda.

462 o‘quvchi
67 o‘qituvchi
3 ta’lim yo‘nalishi
99% OTMga kirish

Litsey haqidagi umumiy ma’lumot — Litsey haqida sahifasida.