Menyu

Biz haqimizda

Litsey haqida

Shahrof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti 2-sonli akademik litseyi — 1997-yildan buyon faoliyat yuritadi.

462 o‘quvchi
67 o‘qituvchi
18 guruh
3 ta’lim yo‘nalishi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-sonli akademik litseyi — aniq va tabiiy fanlar hamda xorijiy tillar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik beradigan ta’lim muassasasi. Litsey 1997-yildan buyon faoliyat yuritadi va shu davr ichida bir necha marta maqomi va nomi o‘zgargan.

Bugungi kunda litseyda uch yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi: aniq fanlar (texnika), aniq fanlar (iqtisod) va xorijiy filologiya (ingliz tili). O‘quv jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter xonalari va axborot resurs markazi bilan ta’minlangan.

Litseyning asosiy vazifasi — bitiruvchilarni oliy ta’limga tayyorlash. So‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi barqaror o‘sib bormoqda.

Litsey binosi

Ta’lim yo‘nalishlari

Litsey tarixi

  1. 1997

    Gimnaziya tashkil etildi

    Samarqand kooperativ instituti qoshida, institutning 1997-yil 7-fevraldagi 15-sonli buyrug‘i asosida.

  2. 1999

    Litseyga aylantirildi

    1-iyuldagi 20-sonli buyruq bilan gimnaziya Samarqand kooperativ instituti qoshidagi litsey maqomini oldi.

  3. 2006

    2-son akademik litsey

    Samarqand shahar hokimining 16-oktabrdagi 1357-K-sonli qaroriga asosan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litseyiga aylantirildi.

  4. 2009

    O‘quvchilar yotoqxonasi qurildi

    100 o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona ishga tushdi — boshqa tumanlardan kelgan o‘quvchilar uchun.

  5. 2017

    SamDU tarkibiga o‘tdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26-sentabrdagi PQ-3290-sonli qaroriga asosan, shahar hokimining 6-dekabrdagi 2058-Q qarori bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-sonli akademik litseyi nomini oldi.

To‘liq tarix — Litsey tarixi sahifasida.

Bino va xonalar

2 Binolar Umumiy quvvati 720 o‘rin
37 Jami xonalar O‘quv jarayonida foydalaniladi
29 O‘quv xonalari
3 Kompyuter xonalari
2 Fizika laboratoriyasi
1 Biologiya laboratoriyasi
1 Kimyo laboratoriyasi
1 Sport zali
1 Faollar zali
1 Ma’naviyat xonasi
100 Yotoqxona 2009-yilda qurilgan, 100 o‘rinli

Axborot resurs markazi

12 992 Jami adabiyot Umumiy fond
11 592 Darsliklar
915 Ijtimoiy-siyosiy
445 Badiiy adabiyot
28 Kasbiy ta’lim
12 Uslubiy adabiyot

Joylashuv

Manzil

Samarqand shahri, Sartepo massivi, Turkiston ko‘chasi, 3-uy

6,9 km Registon maydonidan
6,6 km Temir yo‘l vokzalidan
17 km Aeroportdan