Menyu

16-fevral 2026

📚 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📚 Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

🧑‍🔬 Kimyo, 🌎 geografiya va ➕ matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari o‘tkaziladi. (https://t.me/uztdi/10672)

🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada (https://t.me/uztdi/10672)koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

⏰ Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish vaqtlari:

21-22-fevral kunlari:

1-smena: 07:00– 08:30

2-smena: 13:00 – 14:30

28-fevral, 1-2 va 7-mart kunlari:

1-smena: 07:00– 08:30

2-smena: 12:30 – 14:00

💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.

❗️ Belgilangan (yuqorida kunlar va smenalar kesimida koʻrsatilgan) vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali (https://t.me/uztdi)