#Qabul2026 #AkademikLitsey
❗️Akademik litseylarga hujjat topshirish yakunlandi: 49 mingdan ortiq ariza qabul qilindi
2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoni yakunlandi.
📊 10-iyun – 10-iyul kunlari davom etgan onlayn qabul jarayonida respublika bo‘yicha 49 129 nafar abituriyentning arizasi ro‘yxatga olindi.
📝 Hujjatlari my.edu.uz platformasi orqali qabul qilingan barcha talabgorlarning shaxsiy kabinetida “Ariza qayd varaqasi” avtomatik shakllantirildi.
⚠️ Eslatma: “Ariza qayd varaqasi” faqat ariza muvaffaqiyatli ro‘yxatga olinganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi va kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma vazifasini bajarmaydi.
☝️ Abituriyentlardan my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib, ma’lumotlarini yana bir bor tekshirish hamda “Ariza qayd varaqasi”ni yuklab olish tavsiya etiladi.
Bizni kuzating
Facebook (https://www.facebook.com/eduuzofficial) | Instagram (https://www.instagram.com/eduuzofficial/)| YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) | Telegram (https://t.me/eduuz)