Topic 15
Reading: matching headings va True / False / Not Given
Paragraf asosiy fikrini topish, TFNG va Yes/No/Not Given farqi, parafraza.
Matching headings
CEFR Multilevel va IELTS’da uchraydi: paragrafga eng mos sarlavha tanlanadi, sarlavhalar paragraflardan ko‘p.
- Avval sarlavhalarni o‘qing va farqini belgilang;
- paragrafning birinchi va oxirgi gapiga alohida e’tibor bering — asosiy fikr ko‘pincha shu yerda;
- paragrafdagi bitta detalga mos sarlavha — tuzoq; butun paragrafni qamraganini tanlang.
True / False / Not Given
- True — matn aynan shu ma’noni aytadi (boshqa so‘zlar bilan);
- False — matn buning teskarisini aytadi;
- Not Given — matnda bu haqda ma’lumot yo‘q yoki yetarli emas.
Yes / No / Not Given — xuddi shunday, lekin muallif fikri haqida.
Parafraza
Savol matn so‘zlarini deyarli takrorlamaydi: increased sharply → rose dramatically; not cheap → expensive. Sinonimni tanib olish — reading’ning yarmi.
Cheklovchi so‘zlarga qarang: all, only, always, never, some, most. Matnda «some», savolda «all» — False.
Ko‘p uchraydigan xato
O‘z bilimidan kelib chiqib True belgilash. Faqat matn — manba.