Menyu

IELTS Academic

IELTS Academic

Listening · Reading · Writing · Speaking · Band 1–9

IELTS Academic formatidagi to‘liq imtihon: Listening yozuvi bir marta eshittiriladi, Reading — uchta akademik matn. Listening va Reading bandi rasmiy jadval bo‘yicha, Writing va Speaking — o‘qituvchi to‘rt mezon bo‘yicha baholaydi. Umumiy band — to‘rt ko‘nikma o‘rtachasi.

Imtihon tuzilishi

  1. Listening 4 qism, 40 savol, yozuv bir marta 32 daq
  2. Reading 3 matn, 40 savol 60 daq
  3. Writing Task 1 (150+ so‘z) va Task 2 (250+ so‘z) 60 daq
  4. Speaking Part 1, 2, 3 — javob yozib olinadi 15 daq

Jami 167 daqiqa. Har bo‘limning vaqti alohida; bo‘lim yakunlangach unga qaytib bo‘lmaydi.

Baholash

Listening va Reading — to‘g‘ri javoblar soni rasmiy jadval bo‘yicha bandga o‘giriladi (30/40 → 7,0). Writing va Speaking — to‘rt mezon bo‘yicha 0–9. Umumiy band — o‘rtacha, yarim bandgacha yuqoriga yaxlitlanadi.

Natija taxminiy: rasmiy baholashda savol qiyinliklari minglab ishtirokchi javobidan olinadi. Yozma va og‘zaki javoblarni o‘qituvchi baholaydi.