Tugagan
Musobaqa haqida
Litseyimizning birinchi reytingli dasturlash olimpiadasiga xush kelibsiz! 7 ta masala, 3 soat: osondan olimpiada darajasigacha.
Baholash
Har bir masala o‘tgan testlar ulushiga qarab baholanadi, to‘liq yechilmasa ham ball olasiz. Jami 1000 ball:
| A | B | C | D | E | F | G |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 50 | 80 | 120 | 150 | 180 | 200 | 220 |
- Bir masalaga bir necha marta yuborish mumkin — eng yaxshi natijangiz hisoblanadi.
- Noto‘g‘ri urinish uchun ball ayirilmaydi.
- Ballar teng bo‘lsa, ballini ertaroq to‘plagan yuqorida turadi.
- Musobaqa reytingli: natijangiz reytingingizga ta’sir qiladi.
Qoidalar
- Tillar: Python 3.13, C++ 17, Java 21.
- Masalani mustaqil yeching: boshqalar bilan maslahatlashish va tayyor yechim ko‘chirish taqiqlanadi.
- Kiritish va chiqarish — standart oqim orqali (
input()/print(),cin/cout). - Katta sonlarga e’tibor bering: C++ va Java da
long long/longkerak bo‘lishi mumkin.
Omad tilaymiz!
Masalalar
| № | Masala | Ball | Urinishlar | Holat |
|---|---|---|---|---|
| A | Shokoladni bo‘lish | 50 | 0 | — |
| B | Sonning barcha bo‘luvchilarini topish | 80 | 0 | — |
| C | Bitli juftliklar | 120 | 0 | — |
| D | Qayiqlar | 150 | 0 | — |
| E | Yoqilg‘i quyish | 180 | 0 | — |
| F | Tadbirlar | 200 | 0 | — |
| G | Qutilar | 220 | 0 | — |