Asosiy qismga o‘tish
Sharof Rashidov nomida Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida Rated Contest #1
Yakka tartibda · Reytingli — natija reytingga ta’sir qiladi · Qisman ball: o‘tgan testlar bo‘yicha
Tugagan

G. Qutilar

220 ball

Omborda N ta to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi quti bor. i-qutining eni aᵢ, bo‘yi bᵢ.

j-qutini k-qutining ichiga solish mumkin, agar aⱼ < aₖ va bⱼ < bₖ bo‘lsa — ya’ni eni ham, bo‘yi ham qat’iy kichik bo‘lsa. Qutilarni burab (enini bo‘yi bilan almashtirib) bo‘lmaydi.

Bir nechta qutini matryoshka kabi ketma-ket bir-birining ichiga solish mumkin: birinchisi ikkinchisining ichiga, ikkinchisi uchinchisining ichiga va hokazo.

Qutilar
Qutilar

Bir-birining ichiga solinadigan qutilar zanjirining eng katta uzunligini toping.

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda bitta butun son N — qutilar soni.

Keyingi N ta qatorning har birida ikkita butun son: aᵢ va bᵢ.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta butun son — eng uzun zanjirdagi qutilar soni.

Cheklovlar

1 ≤ N ≤ 10^5

1 ≤ aᵢ, bᵢ ≤ 10^9

Misollar

Kirish
4
2 3
6 7
5 4
6 4
Chiqish
3
Kirish
3
1 1
1 1
1 1
Chiqish
1

Tushuntirish

1-misol rasmda ko‘rsatilgan: 2×3 → 5×4 → 6×7. 6×4 qutini zanjirga qo‘shib bo‘lmaydi: 5×4 uning ichiga sig‘maydi (bo‘ylari teng), 6×4 esa 6×7 ning ichiga sig‘maydi (enlari teng).

2-misolda uchta bir xil quti bor — hech biri boshqasining ichiga sig‘maydi, javob 1.

Testlarning bir qismida N ≤ 8, bir qismida N ≤ 100 va N ≤ 5000. Masala qisman ball bilan baholansa, sekinroq yechim ham shu testlardan ball oladi.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 100 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.