Тема 24
Bobur, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Muqimiy, Furqat
XVI–XIX asr o‘zbek adabiyoti: «Boburnoma», «Zarbulmasal», satira va ma’rifatparvarlik.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530)
Andijonda tug‘ilgan, Hindistonda Boburiylar saltanatiga asos solgan. «Boburnoma» — memuar (esdalik) asar: Farg‘ona, Movarounnahr, Afg‘oniston va Hindiston tarixi, tabiati, odamlari. Yana: g‘azallar va ruboiylar devoni, «Mubayyin» (fiqh), «Aruz risolasi».
Boborahim Mashrab (1640–1711)
Namanganlik, qalandar shoir; ishqiy va tasavvufiy g‘azallar, hukmdorlarga tanqid. Uning hayoti haqida xalq kitobi — «Qissai Mashrab». Balxda qatl etilgan.
Qo‘qon adabiy muhiti
- Gulxaniy — «Zarbulmasal»: qushlar tilidan masal-qissa (Boyo‘g‘li o‘g‘liga Yapaloqqushning qizini so‘raydi, qalin — vayron qishloqlar);
- Nodira va Uvaysiy — shoiralar;
- Muqimiy (1850–1903) — satira: «Tanobchilar», «Voqeai Viktor», «Sayohatnoma»;
- Furqat (1859–1909) — ma’rifatparvar: «Ilm xosiyati», «Sayding qo‘yaber, sayyod»; umri oxirini Yorkentda o‘tkazgan.
Xiva: Ogahiy (1809–1874)
Shoir, tarixchi va tarjimon; devoni «Ta’viz ul-oshiqin», Xiva xonligi tarixiga oid asarlar, Sa’diyning «Guliston»ini tarjima qilgan.
Ko‘p uchraydigan xato
«Zarbulmasal»ni Muqimiyga, «Tanobchilar»ni Furqatga nisbat berish.