Tugagan
Musobaqa haqida
Rated Contest #2 — Qoidalar
1. Umumiy qoidalar
- Musobaqa individual tarzda o‘tkaziladi.
- Har bir ishtirokchi faqat o‘z akkaunti orqali qatnashadi.
- Boshqa ishtirokchilardan yordam olish, kod almashish va internetdagi tayyor yechimlardan foydalanish taqiqlanadi.
- Halol o‘yin (Fair Play) tamoyiliga rioya qilish barcha ishtirokchilar uchun majburiy.
2. Musobaqa formati
- Davomiyligi: 2 soat.
- Masalalar soni: 7 ta (A–G).
- Dasturlash tillari: Python, C++, Java.
- Har bir masalada bir nechta test bor. Ma’lumotlar standart kirishdan o‘qiladi va standart chiqishga yoziladi.
3. Baholash tizimi
- Reyting ACM/ICPC tizimida hisoblanadi.
- Masala barcha testlardan o‘tgandagina yechilgan hisoblanadi.
- Ishtirokchilar avval yechilgan masalalar soni bo‘yicha, teng bo‘lsa jarima vaqti bo‘yicha saralanadi. Jarima vaqti kamroq bo‘lgan ishtirokchi yuqori o‘rinni egallaydi.
- Jarima vaqti — har bir yechilgan masala uchun musobaqa boshidan to‘g‘ri yechim topshirilgan paytgacha o‘tgan daqiqalar va shu masaladagi har bir noto‘g‘ri urinish uchun 20 daqiqa.
- Yechilmagan masaladagi noto‘g‘ri urinishlar jarimaga qo‘shilmaydi.
4. Musobaqa oynasidan chiqish (Alt+Tab)
Musobaqa davomida tizim masala sahifasidan chiqishni avtomatik kuzatadi. Quyidagilar chiqish hisoblanadi:
- Alt+Tab yoki Win tugmasi bilan boshqa oynaga o‘tish;
- brauzerda boshqa tab ochish yoki unga o‘tish;
- boshqa dastur (Telegram, kod muharriri, kalkulyator va h.k.) oynasini bosish;
- brauzer oynasini yig‘ib qo‘yish (minimize).
Har bir chiqishda ekran yopiladi va hodisa qayd etiladi:
- 1- va 2-chiqishda — ogohlantirish: «Yana N marta chiqsangiz, akkauntingiz 3 soatga bloklanadi».
- 3-chiqishda — dasturlash bo‘limi 3 soatga yopiladi: masalalarni ochish va yechim topshirish mumkin bo‘lmaydi. Musobaqa 2 soat davom etgani uchun bu amalda musobaqaning tugashini bildiradi.
- Blokni faqat tashkilotchi olib tashlay oladi.
Sayt ichidagi havolalar (masalalar orasida o‘tish, yechim topshirish, reytingni ochish) chiqish hisoblanmaydi.
Tavsiya: musobaqa boshlanishidan oldin boshqa dasturlarni yoping, bildirishnomalarni o‘chiring va sahifani to‘liq ekranda oching. Yechimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri saytdagi muharrirda yozing.
5. Nazorat
- Masala shartidan nusxa olish, sahifani saqlash va chop etish yopilgan.
- Ekranda ismingiz va vaqt yozilgan suv belgisi turadi.
- Screenshot olish va ishlab chiquvchi vositalarini (F12) ochishga urinishlar qayd etiladi.
- Barcha hodisalar tashkilotchining nazorat panelida ko‘rinadi.
6. Taqiqlangan harakatlar
- Boshqa ishtirokchining kodidan foydalanish.
- ChatGPT, Copilot va boshqa sun’iy intellekt vositalari yordamida yechim olish.
- Internetdan tayyor kod yoki yechim qidirish.
- Bir nechta akkaunt orqali qatnashish.
- Musobaqa vaqtida masalalarni tarqatish yoki muhokama qilish.
7. Diskvalifikatsiya
Quyidagi holatlarda ishtirokchi musobaqadan chetlashtiriladi:
- plagiat aniqlansa;
- qoidabuzarlik sodir etilsa;
- tashqi yordamdan foydalanganligi isbotlansa.
8. Natijalar
- Yakuniy reyting tizim tomonidan avtomatik shakllantiriladi.
- G‘oliblar 1-, 2- va 3-o‘rinlar bo‘yicha aniqlanadi.
- Eng faol va eng tez yechim topshirgan ishtirokchilar alohida rag‘batlantirilishi mumkin.
9. Tashkilotchilar
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyi, Informatika kafedrasi.
«Bilim, mantiq va tezlik sari bir qadam!»
Hammaga omad! 🚀 Rated Contest #2 da kuchlilar o‘z mahoratini namoyish etadi!
Masalalar
| № | Masala | Ball | Urinishlar | Holat |
|---|---|---|---|---|
| A | Non do‘koni | 500 | 0 | — |
| B | Uchburchak turi | 700 | 0 | — |
| C | Poyezd vagonlari | 1000 | 0 | — |
| D | Paxta dalasi | 1400 | 0 | — |
| E | Wi-Fi minoralar | 1600 | 0 | — |
| F | Toshbaqa va tangalar | 2000 | 0 | — |
| G | Eng qisqa yo‘llar | 2400 | 0 | — |