A. Tangalar o'yini
500 ball
Durdona yaqinda sport dasturlashdan Campda qatnashdi. Campdagi mavzularni yaxshi tushunmaganligi sababli u juda zerikib qoldi va bitta o'yin o'ylab topdi (yaxshiyamki u o'zi bilan 3 ta tanga olib kelgan). Dastlab u 3 ta tangasini sonlar o'qiga joylashtiradi. O'yinning qoidasi shunday : u bitta harakatda eng chapdagi yoki eng o'ngdagi tangani olib qolgan ikkita tanga orasidagi ixtiyoriy butun nuqtaga joylashtira oladi. Endi u optimal harakat qilsa, uning o'yini eng ko'pi bilan nechta harakatgacha davom etishini bilmoqchi.
Durdonaga buni aniqlashda yordam bering.
Kirish ma’lumotlari
Yagona qatorda 3 ta butun son a, b, c - Durdona dastlab tangalarini joylashtirgan nuqtalar kiritiladi. (0 < a < b < c < 100)
Chiqish ma’lumotlari
Durdona optimal o'ynasa eng ko'pi bilan nechta harakatni amalga oshira olishini chop eting.
Misollar
1 3 6
2
4 5 7
1