Asosiy qismga o‘tish
Sharof Rashidov nomida Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida Rated Contest #4
Yakka tartibda · Reytingli — natija reytingga ta’sir qiladi · Standart: yechilgan masalalar va jarima vaqti
Tugagan

E. Sirli o‘rmon va xavfsiz yo‘l

1300 ball

Bir sirli qahramon o‘rmon bo‘ylab xavfli hududdan qochmoqda. O‘rmonning ba’zi katakchalarida daraxtlar bor. Qahramonimiz biladiki ba'zi daraxtlar ortida sirli tuzoqlar bor ammo aynan qaysi daraxtlar ortida tuzoq borligini bilmaydi, shu sababli daraxtlardan iloji boricha uzoqroq yurishi kerak. Qahramonning maqsadi o'zining xavfsiz uyi joylashgan katakchaga yetib borish, shu bilan birga daraxtlardan iloji boricha uzoq yo‘l tanlash.

O‘rmonni N × M katakchali panjara bilan ifodalash mumkin:

  • Bo‘sh katakchalar: .
  • Daraxtlar: +
  • Qahramonning hozirgi joyi: S
  • Uy: U

Qahramon har bir qadamda shimol, janub, sharq yoki g'arbga harakat qilishi mumkin, hatto daraxt ustidan ham o‘tishi mumkin.

Agar qahramon (R, C) katakchada bo‘lsa va daraxt (A, B) katakchada bo‘lsa, ular orasidagi masofa quyidagicha:

R − A+C − B

Qahramon uchun eng xavfsiz yo'l deganda, yo‘l davomida daraxtlardan eng yaqin masofa maksimal bo‘ladigan yo‘l nazarda tutiladi.

1-misol: kataklardagi son — eng yaqin daraxtgacha masofa
1-misol: kataklardagi son — eng yaqin daraxtgacha masofa

Kirish ma’lumotlari

  • Birinchi qatorda ikkita butun son N, M (1 ≤ N, M ≤ 500) – panjaraning o‘lchamlari kiritiladi.
  • Keyingi N ta qatorda M tadan belgi: ., +, S, U
  • Panjarada aniq bitta S, bitta U va kamida bitta + mavjud

Chiqish ma’lumotlari

Qahramon eng xavfsiz yo‘ldan foydalansa daraxtlargacha bo'lgan eng qisqa masofani chiqaring.

Misollar

Kirish
4 4
+...
....
....
S..U
Chiqish
3
Kirish
3 5
..+..
S...U
.....
Chiqish
2
Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 18 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.