“Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalari topshirildi
24-sentabr 2025, 14:01
15 marta ko‘rilgan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalarini topshirishga bagʻishlab tantanali tadbir oʻtkazildi.
2024-2025 oʻquv yili ikkinchi choragida fanlarni a'lo baholarga oʻzlashtirgan, fan olimpiadalari, sport musobaqalarida faol ishtirok etgan, baholash mezonlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 10 nafar ikkinchi bosqich oʻquvchilariga eng kam ish haqining 2 barobari miqdorida bir martalik “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyalari tantanali ravishda topshirildi.