BILIMLАR SINOVI
21-oktabr 2025, 11:25
12 marta ko‘rilgan
20 oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyida “21 oktyabrь – oʼzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan birinchi bosqich oʼquvchilaridan iborat guruhlararo “Zakovat” intellektual oʼyini tashkil etildi. Unda 8 ta jamoa ishtirok etdi.
Oʼyin 2 turdan iborat boʼlib, har bir turda 12 tadan savol berildi. Bu savollar orqali oʼquvchilar mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan oʼtkazdilar. Natijalar quyidagicha boʼldi:
1-oʼrin -- 107-guruh
2-oʼrin -- 109-guruh
3-oʼrin -- 104-guruh
“Zakovat” intellektual oʼyini juda qiziqarli oʼtgani bilan barcha qatnashchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.