Menyu

​FUTZAL BO‘YICHA MUVAFFAQIYAT!

6-oktabr 2026, 19:10 65 marta ko‘rilgan

​1-oktabr — "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Samarqand shahridagi akademik litseylar o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan sportning futzal musobaqasida jamoamiz munosib ishtirok etdi!

​Qizg‘in va murosa-siz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, SamDU 2-son akademik litseyi jamoasi faxrli III-o‘rinni egalladi va Faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi

​Barcha ustoz va murabbiylarimizni ushbu g‘alaba bilan muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda bundan ham yuqori marralarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!

👉 @samdual_futbol

Barcha yangiliklar