🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali akademik litseyi rus tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Urunova Laylo Xazratkulovnaning rus tili fanidan Sergey Borodinning "Zvyozdi nad Samarka…
17-aprel 2026, 13:10
17 marta ko‘rilgan
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali akademik litseyi rus tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Urunova Laylo Xazratkulovnaning rus tili fanidan Sergey Borodinning "Zvyozdi nad Samarkandom" romani mavzusida 209-guruhda noan'anaviy ochiq darsi boʻlib oʻtdi.
📌Dars jarayonida S. Borodinning hayoti va ijodiga bagishlangan taqdimot, ushbu roman bo`yicha va shahrimiz haqida«Bibixonim afsonasi» asosida sahna koʻrinishlari,qadimiy va ko`hna Samarqand haqida she`rlar va Samarqand noni haqida badiiy ko`rinish namoyish etildi.Mashg`ulot davomida turli interfaol uslublаrdan: " Klaster","Tezkor test","Ugadayka", "Obrazlar tahlili»dan foydalangan holda darsning sifat samaradorligiga erishildi.