🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyida
“Navro‘zi olam muborak!” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🎉Shu munosabat bilan taʼlim dargohi o‘zgacha chiroy, maftunkorlikka burkandi. Milliylikka xos bezaklar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan Navro‘z taomlari namoyishi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🎆Zamonaviylik va milliylik talablariga mos taʼmirdan chiqarilgan, yangi o‘quv jihozlari bilan taʼminlangan 5 ta o‘quv xonasi bahor bayramiga tuhfa sifatida foydalanishga topshirildi.
🎉Tadbirning badiiy qismida yangilanish, mehr-oqibat va qadriyatlarimiz bayrami sanalmish Navro‘zga bag‘ishlangan sheʼrlar, qo‘shiqlar, jozibali raqslar ijro qilindi.
😎Telegram (https://t.me/litseysamtuit) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/samtuit.al_official?igsh=aDN4eG5ubXV6YzRw)