Menyu

❗️Nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying

3-fevral 2026, 20:26 12 marta ko‘rilgan
❗️Nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying

15 million kishining shaxsiy ma’lumotlari tarqab ketgani haqidagi bugungi xabarlar fonida sizga qattiq tavsiyam: nomingizga kredit olishni cheklab qo’ying. Buni nafaqat o’zingiz uchun, balki ota-onangiz va yoshi kattaroq boshqa oila a’zolaringiz uchun ham amalga oshiring.

❓Buning uchun nima qilish kerak?

my.gov.uz portalida “Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqlashni olib tashlash” (https://my.gov.uz/uz/service/1242) xizmati bor, o’sha xizmatni faollashtiring.

❓ Bu nima degani?

Siz nomingizga kredit rasmiylashtirilishiga taqiq qo‘yasiz. Kredit tashkilotlari esa qarz berishdan oldin, fuqaro o‘ziga kredit ajratilishiga taqiq qo‘yganmi-yo‘qmi, tekshirishga majbur. Agar taqiq aniqlansa, sizning nomingizga kredit ajratilmaydi.

Mazkur xizmatdan foydalanish bepul va juda oson.

ℹ️ Ma’lumot uchun:

✅ "Yoqilgan" statusi — kredit olishga taqiq o’rnatilgan degani;

❌ "O’chirilgan" statusi — taqiq yo’q degani.

👉 @xushnudbek 👈

Barcha yangiliklar