Menyu

#Qabui2026

15-avgust 2026, 07:52 48 marta ko‘rilgan
#Qabui2026

#Akademik_litsey

#Apellyatsiya

Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha berilgan apellyatsiya arizalari ko‘rib chiqildi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali (shaxsiy kabinetidan) elektron shaklda apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari ko‘rib chiqildi.

2026-yil 14-avgust kuni Bilim va malakalarni baholash agentligida ariza bilan murojaat qilganlarning e'tirozlarini ko‘rib chiqish tashkil etildi. Umumiy hisobda 2343 nafar talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish belgilangan bo‘lib, shulardan 115 nafari apellyatsiya jarayonida ishtirok etdi. Ularning e'tirozlari o‘rnatilgan tartibda fan ekspertlari, ariza muallifi va ota-onasining biri ishtirokida ko‘rib chiqildi. 2228 nafari kelmadi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:

Telegram (https://t.me/BaholashUz) | Facebook (https://www.facebook.com/dtmuzb/) | Instagram (https://instagram.com/dtmuzb/) | YouTube (https://www.youtube.com/@BaholashUz)

Barcha yangiliklar