Qonunchilikka ko'ra: (https://t.me/litseyhujjat/13)
Akademik litsey o‘quvchilari quyidagi holatlarda o'qishdan chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘quv yili davomida:
- doimiy yashash uchun boshqa hududga yoki mamlakatga chiqib ketganda;
- sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
- salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida) akademik ta’til olganda;
- vafot etganligi sabablari bo‘yicha;
b) o‘quv semestri yakunida:
- o‘qishi boshqa akademik litseyga ko‘chirilishi munosabati bilan;
- o‘quvchining, uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning tashabbuslariga ko‘ra o‘z arizasiga muvofiq;
o‘quvchi tomonidan o‘quv dasturi va rejasi talablari bajarilmaganda (semestr yakuni bo‘yicha ikki yoki undan ortiq fanni “qoniqarsiz” bahoga o‘zlashtirgan, uzrli sabablarsiz 76 soat va undan ortiq dars mashg‘ulotlarini qoldirgan) yoki akademik litseyning ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzish sabablari bo‘yicha akademik litsey pedagogik kengashining qaroriga muvofiq.