Menyu

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilli…

2-sentabr 2026, 14:11 124 marta ko‘rilgan

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi oʼquv yilining boshlanishiga bagʼishlangan bayram tadbiri oʼtkazildi. Unda oʼquv dargohi jamoasi, oʼquvchilar, ularning ota-onalari, jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari ishtirok etdilar. Аkademik litsey direktori S. Hamraeva tadbir ishtirokchilarini bayram bilan muborakbod etdi.

Soʼzga chiqqanlar Mustaqillik yoshlarga ilm-fanning yuksak texnologiyalari asosida bilim egallash, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalanish, qaysi sohada boʼlmasin oʼz iqtidorini namoyon qilishga imkoniyatlar yaratgani haqida gapirdilar. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidanti Sh.Mirziyoev tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar, sohalar boʼyicha qabul qilingan Qarorlar, Farmon va Farmoyishlar xalqimiz, ayniqsa yoshlarning baxtli kelajagiga qaratilgani alohida taʼkidlab oʼtdilar.

Tadbirning badiiy qismida oʼquvchilar tomonidan raqs va qoʼshiqlar ijro qilindi.

Barcha yangiliklar