Stipendiyalar topshirildi
21-aprel 2026, 18:18
25 marta ko‘rilgan
2025-2026 oʻquv yili birinchi yarimida fanlarni a'lo baholarga oʻzlashtirgan, fan olimpiadalari, sport musobaqalarida faol ishtirok etgan, baholash mezonlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga erishgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik liseyining 2 nafar o‘quvchisi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasiga, 10 nafar o‘quvchi esa “Akademik liseyimiz iftixori” stipendiyasiga sazavor bo‘lishgandi. 21 aprel kuni ushbu stipendiyalar tantanali ravishda topshirildi.