Menyu

📌Xushxabar

29-aprel 2024, 11:20 10 marta ko‘rilgan
📌Xushxabar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyiga Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva shahridan ajoyib qo‘shaloq xushxabar keldi. 26-28 aprel kunlari bu yerda  🤼 Sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida akademik litseyning 210-guruh o‘quvchisi To‘rayev Muhammad Ravshan o‘g‘li birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqa shohsupasining eng yuqori pag‘onasiga ko‘tarildi. Uning sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi.

Akademik litseyning yana bir o‘quvchisi Toshniyozov Javohir Husan o‘g‘li 🤼 ushbu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z vazn toifasi bo‘yicha faxrli ikkinchi o‘ringa sazavor bo‘ldi.

Har ikkala o‘quvchimizni erishgan ulkan g‘alabalari bilan muborakbod etamiz👏.

Batafsil:👉 http://litsey.samtuit.uz

https://t.me/litseysamtuit

Bizni kuzatishda davom eting.

Barcha yangiliklar