🎉 Yutuqlarimiz davom etmoqda! 🎉
10-dekabr 2025, 08:11
12 marta ko‘rilgan
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU SF akademik litseyi jamoasi o‘qituvchilarining yutuqlari bilan faxrlanadi!
📘 Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Isroilova Nulufar Abduxoliqovna milliy sertifikat imtihonida A darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi! 🏅
Bu natija ustozning fidokorona mehnati, chuqur bilim va yuksak mas’uliyatining amaliy ifodasidir.
Litseyimiz jamoasi Nulufar Abduxoliqovnani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida kattadan katta muvaffaqiyat tilaydi!