Asosiy qismga o‘tish
Sharof Rashidov nomida Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida Rated Contest #3
Yakka tartibda · Reytingli — natija reytingga ta’sir qiladi · Standart: yechilgan masalalar va jarima vaqti
Tugagan

B. Raqamli soat

700 ball

Litsey zalidagi raqamli soat vaqtni SS:DD ko‘rinishida to‘rtta yetti segmentli raqam bilan ko‘rsatadi (00:00 dan 23:59 gacha; soat bir xonali bo‘lsa, oldiga 0 yoziladi). Har bir raqamda nechta segment yonishi rasmda ko‘rsatilgan, ikki nuqta hisobga olinmaydi.

Hozir soat HH:MM ni ko‘rsatmoqda. Ali shu daqiqadan boshlab ketma-ket T ta daqiqa davomida soatga qarab turdi (birinchisi — hozirgi daqiqa, 23:59 dan keyin 00:00 keladi). Shu T ta daqiqaning nechtasida ekranda aynan K ta segment yongan?

0–9 raqamlaridagi segmentlar soni va 23:58 vaqti: 5 + 5 + 5 + 7 = 22 segment
0–9 raqamlaridagi segmentlar soni va 23:58 vaqti: 5 + 5 + 5 + 7 = 22 segment

Kirish ma’lumotlari

Bitta qatorda: vaqt HH:MM, butun sonlar T va K.

Chiqish ma’lumotlari

Bitta butun son — aynan K ta segment yongan daqiqalar soni.

Cheklovlar

  • 00:00 ≤ HH:MM ≤ 23:59
  • 1 ≤ T ≤ 10¹⁸
  • 0 ≤ K ≤ 30

Misollar

Kirish
23:58 4 22
Chiqish
1
Kirish
11:11 1440 8
Chiqish
1

Tushuntirish

1-misol: 23:58 (22 segment), 23:59 (21), 00:00 (24), 00:01 (20) — faqat bittasida 22.

2-misol: sutka davomida 8 ta segment faqat 11:11 da yonadi.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 20 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.