D. Orollar va ko‘priklar
1100 ball
Aydarko‘lda N ta orol bor, ular 1 dan N gacha raqamlangan. Orollar orasida M ta ko‘prik qurilgan; har bir ko‘prik ikki orolni bog‘laydi va undan ikki tomonga yurish mumkin.
Hokimiyat yangi ko‘priklar qurib, istalgan oroldan istalgan orolga ko‘priklar orqali o‘tish mumkin bo‘lishini xohlaydi.
- Eng kamida nechta yangi ko‘prik qurish kerak?
- Hozir ko‘priklar orqali bog‘langan eng katta orollar guruhida nechta orol bor?
Kirish ma’lumotlari
Birinchi qatorda N va M. Keyingi M ta qatorning har birida ikkita son u, v — ko‘prik bog‘lagan orollar. Bir juft orol orasida bir nechta ko‘prik bo‘lishi, ko‘prik orolni o‘zi bilan bog‘lashi (u = v) ham mumkin.
Chiqish ma’lumotlari
Bitta qatorda ikkita son: kerakli yangi ko‘priklar soni va eng katta guruhdagi orollar soni.
Cheklovlar
- 1 ≤ N ≤ 2 · 10⁵
- 0 ≤ M ≤ 2 · 10⁵
- 1 ≤ u, v ≤ N
Misollar
7 4 1 2 2 3 4 5 3 1
3 3
5 4 1 2 2 3 3 4 4 5
0 5
Tushuntirish
1-misol: guruhlar {1, 2, 3}, {4, 5}, {6}, {7}. To‘rt guruhni zanjir qilib bog‘lash uchun 3 ta ko‘prik kerak, eng katta guruh — 3 ta orol (rasmda).
2-misol: hamma orol bog‘langan — yangi ko‘prik kerak emas.