Asosiy qismga o‘tish
Sharof Rashidov nomida Samarqand davlat universiteti 2-son akademik litseyida Rated Contest #3
Yakka tartibda · Reytingli — natija reytingga ta’sir qiladi · Standart: yechilgan masalalar va jarima vaqti
Tugagan

C. Paxta dalasi

900 ball

Fermer xo‘jaligining paxta dalasi N qator va M ustunli katakchalarga bo‘lingan. Qatorlar yuqoridan pastga 1 dan N gacha, ustunlar chapdan o‘ngga 1 dan M gacha raqamlangan. (i, j) katakdan a[i][j] kilogramm paxta terildi.

Xo‘jalik rahbari Q ta so‘rov beradi. Har bir so‘rovda dalaning to‘g‘ri to‘rtburchak qismi — chap yuqori burchagi (x₁, y₁) va o‘ng pastki burchagi (x₂, y₂) — beriladi. Shu qismdan jami necha kilogramm paxta terilganini tez hisoblang.

3 × 4 dala: (2, 2) dan (3, 3) gacha bo‘lgan qismda 6 + 7 + 10 + 11 = 34 kg
3 × 4 dala: (2, 2) dan (3, 3) gacha bo‘lgan qismda 6 + 7 + 10 + 11 = 34 kg

Kirish ma’lumotlari

Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorning har birida M tadan butun son — a[i][j]. So‘ng Q soni, keyingi Q ta qatorning har birida to‘rtta son: x₁ y₁ x₂ y₂.

Chiqish ma’lumotlari

Har bir so‘rov uchun alohida qatorda — o‘sha qismdagi jami paxta.

Cheklovlar

  • 1 ≤ N, M ≤ 500
  • 0 ≤ a[i][j] ≤ 10⁹
  • 1 ≤ Q ≤ 10⁵
  • 1 ≤ x₁ ≤ x₂ ≤ N, 1 ≤ y₁ ≤ y₂ ≤ M
  • Yig‘indi 2,5 · 10¹⁴ gacha: C++ da long long ishlating.

Misollar

Kirish
3 4
1 2 3 4
5 6 7 8
9 10 11 12
3
1 1 3 4
2 2 3 3
1 4 3 4
Chiqish
78
34
24

Tushuntirish

Misolda: butun dala — 78 kg; (2, 2)–(3, 3) qismi — 34 kg (rasmda); oxirgi ustun — 4 + 8 + 12 = 24 kg.

Qoralama doskasi
Kod yozish
Kod yuborish 13 ta test
Yechim yuborish uchun tizimga kiring.