3. Kirish va chiqish
Nazariya
Musobaqa masalasida kirish
Ma’lumot standart kirishdan keladi, javob standart chiqishga
yoziladi. Ya’ni oynada tugma yo‘q — faqat matn.
n = int(input()) # bitta son
a, b = map(int, input().split()) # bir qatorda ikkita son
sonlar = list(map(int, input().split())) # bir qatorda ko‘p sonsplit() satrni bo‘shliqlar bo‘yicha bo‘laklarga ajratadi, map(int, …)
har bir bo‘lakni songa aylantiradi.
Katta kirish
Ko‘p qator o‘qilganda input() sekinlik qiladi:
import sys
data = sys.stdin.read().split()Chiqarish
print(a + b)
print(a, b) # oralarida bo‘shliq: "3 4"
print(a, b, sep=", ") # "3, 4"
print(a, end=" ") # keyingi print o‘sha qatordan davom etadif-satr qulay:
print(f"{ism} — {yosh} yoshda")Eng muhim qoida
Masala nimani so‘rasa, faqat shuni chiqaring:
print(7) # to‘g‘ri
print("Javob:", 7) # XATO — sudya buni qabul qilmaydiSudya javobni belgima-belgi solishtiradi. Qator oxiridagi ortiqcha
bo‘shliq kechiriladi, ortiqcha so‘z esa yo‘q.
Misol
a, b = map(int, input().split())
print(a + b)
Mashq masalalari
| ✓ | Kod | Masala | Qiyinlik |
|---|---|---|---|
| A101 | Ikki son yig‘indisi | Boshlang‘ich | |
| PY03-1 | Uch son yig‘indisi | Boshlang‘ich | |
| PY03-2 | Salomlashish | Boshlang‘ich | |
| PY03-3 | Teskari tartib | Boshlang‘ich | |
| PY03-4 | Sana formati | Boshlang‘ich | |
| PY03-5 | Do‘kon cheki | Boshlang‘ich |