1. Dasturlash bilan tanishuv
Dastur nima
Dastur — kompyuterga beriladigan aniq ko‘rsatmalar ketma-ketligi.
Kompyuter o‘ylamaydi va taxmin qilmaydi: siz nima yozsangiz, shuni
bajaradi. Dasturlashdagi xatolarning aksariyati shundan kelib chiqadi
— biz «tushunarli» deb o‘ylagan narsa mashina uchun tushunarsiz.
Python qanday ishlaydi
Python — interpretatsiya qilinadigan til: alohida yig‘ish
(kompilyatsiya) qadami yo‘q, kod qatorma-qator o‘qiladi va darhol
bajariladi. Shuning uchun u o‘rganishga qulay: yozdingiz — natijani
ko‘rdingiz.
Birinchi dastur
print("Salom, dunyo!")print — ekranga chiqaruvchi funksiya. Qavs ichidagi narsa uning
argumenti. Qo‘shtirnoq ichidagi matn — satr.
Izohlar
# belgisidan keyingi qism bajarilmaydi. Izoh kompyuter uchun emas,
odam uchun:
# Bu qator hech narsa qilmaydi
print("Salom") # bu esa ishlaydiYaxshi izoh kod nima qilishini emas, nega shunday
qilinganini tushuntiradi.x = x + 1yoniga «x ga bir qo‘shamiz»
deb yozishning foydasi yo‘q.
Xatolar — bu normal
Dasturchi kunining katta qismi xatoni topishga ketadi. Python xato
haqida xabar beradi va qaysi qatorda ekanini ko‘rsatadi — o‘sha
xabarni o‘qish eng foydali odat.
Misol
# Birinchi dastur
print("Salom, dunyo!")
print("Men dasturlashni o'rganyapman")
Mashq masalalari
| ✓ | Kod | Masala | Qiyinlik |
|---|---|---|---|
| PY01-1 | Salom, dunyo! | Boshlang‘ich | |
| PY01-2 | Uch qator | Boshlang‘ich | |
| PY01-3 | Yulduzcha zinapoya | Boshlang‘ich | |
| PY01-4 | Xatoni toping | Boshlang‘ich | |
| PY01-5 | Ramka ichidagi so‘z | Boshlang‘ich |